2 yanvardan 29 yanvargacha qariyb 20 million kishi koronavirusga chalingan, 114 mingdan ortiq bemor vafot etdi. O‘lim holatlari soni avvalgi 28 kun bilan solishtirganda 65 foizga ortgan, deb yozmoqda TASS agentligi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) axborot byulleteniga ko‘ra, o‘tgan to‘rt haftada koronavirusga chalinish bo‘yicha 19 million 955 ming 978 ta holat qayd etilgan va 114 ming 372 bemor vafot etgan.
Koronavirus yuqtirish holatlari, ayniqsa, Xitoy, Yaponiya, AQSH, Koreya Respublikasi va Braziliyada ko‘p kuzatildi.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, 1 fevral holatida pandemiya boshlangandan buyon sayyoramizda koronavirus bilan kasallanganlar soni 753 million 651 ming 712 kishini tashkil etdi. 6 million 813 ming 845 bemor hayotdan ko‘z yumgan.