BMT Xavfsizlik Kengashi 24 fevralda vazirlar darajasida majlis o‘tkazishni rejalashtirgan, yakuniy tarkibga aniqlik kiritilmoqda. Bu haqda Maltaning BMTdagi doimiy vakili Vanessa Frezer matbuot anjumanida ma’lum qildi. Mazkur tadbir bu oy Maltaning Xavfsizlik Kengashiga raislik qilishiga bag‘ishlandi.
“Biz hozircha aynan kim ishtirok etishini ayta olmaymiz, lekin ko‘p vazirlar ishtirok etadi”, – dedi u.
Frezerning qo‘shimcha qilishicha, majlisda Ukrainaning ishtirok etish darajasi hozircha aniqlab olinmoqda.
“Men xavfsizlik nuqtai-nazaridan va boshqa sabablarga ko‘ra, Ukraina qay darajada ishtirok etishi haqida ayta olmayman”, – dedi u 24 fevralda bo‘lib o‘tadigan majlisda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ishtirok etadimi, deb berilgan savolga javob berar ekan.