Serbiya poytaxti Belgrad shahrida imkoniyati cheklangan insonlar o‘rtasida davom etayotgan shaxmat olimpiadasining 2-tur bahslari poyoniga yetdi.

Hamyurtlarimiz 2-tur uchrashuvida qora donalarda Xorvatiya terma jamoasiga qarshi bahs yuritdi.

O‘tkazilgan o‘yinlar mobaynida Mamarajabov va Kimsanboyev raqiblarini mag‘lub etgan bo‘lsa, Shoyusupov va Zayniddinov durangga erishdi.

Natijada Xorvatiya-O‘zbekiston kurashida hisob 1:3 ko‘rinishida yakunlandi.

Bugun, 1 fevral kuni o‘tkaziladigan 3-tur o‘yinlarida mamlakatimizning matonatli va irodali shaxmatchilari Germaniya terma jamoasiga qarshi bahs yuritadi. Hamyurtlarimiz oq donalarda harakatlanadi.

Kecha o‘tkazilgan 2-tur uchrashuvlaridan keyin Hindiston jamoasi peshqadamlikka erishdi. Vakillarimiz 23 ta jamoa orasida 17-o‘rinda bormoqda.

Musobaqalar 5 fevralga qadar davom etadi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA