Vashington shtatidagi “Boeing” zavodida 31 yanvar kuni ishlab chiqarilgan eng so‘nggi 747 rusumdagi laynerni Amerikaning “Atlas Air” aviakompaniyasiga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Zavodda hammasi bo‘lib 1574 ta “Boeing 747” ishlab chiqarildi. Oxirgisi 2022 yil dekabrda yig‘ilgan edi. Uning korpusiga 1960-yillarda ushbu laynerni ishlab chiqarish guruhini boshqargan muhandis Jo Satterning surati va avtografi tushirildi.
Fyuzelyajida o‘ziga xos “qo‘ng‘iz” tasviri tushirilgan avialaynerdan foydalanish 1970 yilda boshlangan. Uzoq vaqt davomida va dunyodagi eng ko‘p o‘rinli samolyot bo‘lgan. Unda 600dan ortiq yo‘lovchi o‘rindiqlari mavjud. Bundan tashqari, “Boeing 747” uzoq yillar davomida AQSH prezidentlariga xizmat qilgan.
So‘nggi yillarda aviakompaniyalar mazkur samolyotdan foydalanishdan voz kecha boshlashdi, buni to‘rt dvigatelli avialayner yuqori darajada yoqilg‘i sarflashni boshlagani bilan izohlashdi.
“Boeing”da, shuningdek, COVID-19 pandemiyasi davrida yo‘lovchi tashish sur’ati ham pasayib ketgan edi.
O‘zA