Kecha, 31 yanvar kuni Parijda pensiya islohotiga qarshi bo‘lib o‘tgan namoyish ishtirokchilarining soni 87 ming nafarni tashkil etdi, deb xabar berdi “Le Parisien” gazetasi Fransiya poytaxti politsiyasiga tayanib.
19 yanvar kuni o‘tgan kasaba uyushmalarining birinchi ommaviy namoyishida 80 ming kishi Parij ko‘chalarini to‘ldirgan edi.
Shu bilan birga, “Occurrence” mustaqil monitoring markazi seshanba kuni namoyishchilar sonini 55 ming, deb hisoblagan bo‘lsa, aksiya tashkilotchisi Umumiy mehnat konfederatsiyasi marshda 500 ming kishi qatnashganini ma’lum qildi.
Konfederatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, butun Fransiya bo‘ylab namoyishlarda ikki million 800 ming kishi ishtirok etgan. Rasmiylar hali namoyishchilarning umumiy soni haqida fikr bildirmagan. Ma’lumki, eng yirik aksiyalar Lion, Renn, Ruan, Marsel, Nant va Monpele shaharlarida bo‘lib o‘tgan.
Parijdagi namoyishda qatnashgan 30 kishi hibsga olingan, biroq ular sonining oshishi aytilmoqda. Tajovuzkor yurish ishtirokchilari politsiya bilan to‘qnashgan. Natijada huquq idoralari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.
O‘zA