Yevropa Ittifoqining “PGEU” farmatsevtika guruhi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijasiga ko‘ra, a’zo davlatlar, shuningdek, Turkiya, Kosovo, Norvegiya va Shimoliy Makedoniya kabi 29 mamlakatda, aholining qariyb to‘rtdan birida 600 dan ziyod, 20 foizida 200-300 turdagi dori vositasi yetishmasligi ma’lum bo‘ldi, deb yozdi “Politico”.

Ayniqsa, antibiotiklar, bolalar paratsetamoli va qon bosimini tushiruvchi dorilar tanqisligi yaqqol sezilmoqda.

Mutaxassislar ushbu vaziyatni talab ortishi, ta’minotdagi muammo sabab taklif qisqarishi bilan bog‘lamoqda. Ayrim kompaniyalar yuqori energiya xarajati tufayli dori ishlab chiqarish hajmini kamaytirdi. Yanvar oyida Yevropa Ittifoqi ma’muriyati kamchil dori vositalarining strategik zaxirasini yaratish to‘g‘risida bosh qotirayotganini ma’lum qildi.

G.Abdullayeva, O‘zA