Qirg‘iziston tomonining tashabbusi bilan 28 yanvar kuni Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda «Hovar» agentligi Tojikiston tashqi ishlar vazirligi bergan ma’lumotga tayanib.

Suhbat chog‘ida vazirlar  Tojikiston – Qirg‘iziston hamkorligining dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashgan. Shuningdek, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari 2023 yilda ikki mamlakat o‘rtasida oliy va yuqori darajada bo‘lib o‘tadigan tadbirlarga tayyorgarlik masalalarini ham muhokama etdi, deyiladi xabarda.