Saudiya Arabistonining Jidda shahrida ochilgan biyennalening birinchi bosqichida o‘tmish, bugun va kelajak islom san’atining ma’naviy, ijodiy, estetik ifodasini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbir uchun Qirol Abdulaziz xalqaro aeroportining “Haj” terminali tanlandi, deb xabar kildi “Trend” axborot agentligi.
Anjuman mavzusi – “Birinchi uy” (Avval bayt). Bu atama islom dinining Makkadagi asosiy ziyoratgohi bo‘lmish Ka’ba va muqaddas makonning aniq yo‘nalishi – qiblaga nisbatan qo‘llanadi.
Biyennaleda butun dunyo musulmonlari o‘rtasidagi yaqin aloqani tasvirlaydigan, islom san’atining boyligini, ma’naviy va badiiy estetika o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi pavilonlar mavjud.
“Islom san’ati” biyennalesi 23 aprelga qadar davom etadi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA