Turkiya yetakchisi Rejep Tayyip Erdog‘an 14 may kuni o‘tkazilishi kutilayotgan prezidentlik saylovlarida yangi muddatga nomzodini qo‘yish huquqiga ega emas. Bu haqda Anqarada bo‘lib o‘tgan olti partiyaning muxolifat alyansi rahbarlarining uchrashuv yakunlari bo‘yicha bayonotida aytiladi.

“Prezident Erdog‘an parlamentni tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilmagunicha, u 14 may saylovlarida ishtirok etolmaydi. Bu amaldagi Konsititutsiyaga ziddir, saylov o‘tkazilsa u mamlakat demokratik tarixiga qora sahifa bo‘lib kiradi”, deyiladi hujjatda.

Muxolifat Konstitutsiyaga 2017 yilda o‘tkazilgan referendumda kiritilgan tuzatishlarga ko‘ra, Erdog‘an ketma-ket ikki muddatdan ortiq Prezident lavozimini egallay olmaydi, deb ta’kidlaydi. U ikki marta – 2014 va 2018 yillarda davlat rahbari etib saylangan.

Muxolifatga ko‘ra, Asosiy qonunning mavjud o‘zgarishlariga binoan, mamlakatni tarqatib yuborishi va navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazilgachgina, Erdog‘an qayta saylovda qatnashishi mumkin.

Turkiya Adliya vaziri Bekir Bo‘zdag‘ Erdog‘anning bo‘lajak saylovlarda ishtirok etishi uchun hech qanday to‘siq yo‘qligini qayd etadi.

 

O‘zA