“Kecha tunda adliya vazirligi tovlamachi-xakerlar xalqaro tarmog‘ini yo‘q qildi. Ular AQSH va butun dunyodagi yuz millionlab kishilarga nisbatan tovlamachilik qilgan yoki shunga uringan”, – deyiladi vazirlik saytida bosh prokuror Merrik Garlandga tayanib berilgan xabarda.
Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) jinoiy guruhning kompyuter tarmog‘iga kirib, ularning parolini qo‘lga kiritgan va xakerlarning butun dunyodagi qurbonlariga jo‘natgan. Shunday qilib, tovon ko‘rinishidagi talab qilingan 130 million dollar to‘lanishining oldini olgan. Xabarda ta’kidlanishicha, 2021 yil iyun oyidan buyon 1 ming 500 kishi mazkur xalqaro xakerlar guruhining qurboniga aylangan. Shu davr mobaynida guruh tovon sifatida 100 million dollar atrofida mablag‘ni qo‘lga kiritgan.
Hive xakerlarining qurbonlari orasida kasalxonalar, maktablar, moliyaviy firmalar va boshqa bir qator muhim infratuzilmalarga ega tashkilotlar bor. Masalan, ularning xakerlik hujumlaridan biri kasalxona saytiga uyushtirilgan. Natijada kasalxona tibbiy yordam berishning ular talab qilgan usuliga o‘tishga majbur bo‘lib, yangi bemorlarni qabul qila olmay qolgan. Vaziyatni to‘g‘rilash uchun esa, tabiiyki internet jinoyatchilar pul talab qilishgan.