O‘tgan ikki oy davomida Kot-d’Ivuarning markaziy hududida kamida 12 nafar bola noma’lum xastalikdan nobud bo‘ldi, deb yozmoqda Frans Press agentligi.
Bolalar o‘limi mamlakatning ikkinchi katta shahri bo‘lgan Buakedan bir necha kilometrlik masofada joylashgan Kpo-Kaxankro qishlog‘ida kuzatilmoqda.
“Dekabrda olti nafar, 20 yanvarda uch nafar va 26 yanvarda yana uch nafar, jami 12 nafar bola noma’lum kasallik qurboni bo‘ldi”, – deya agentlikka ma’lum qilgan mahalliy yoshlar assotsiatsiyasi rahbari Pol Kuassi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, nobud bo‘lgan bolalar bir yoshdan sakkiz yoshgacha bo‘lgan. Kasallik alomatlari uyqusizlik va qayd qilish bilan kuzatilmoqda, deyiladi xabarda.