Yaponiyaning “Mitsubishi Heavy Industries” kompaniyasi bugun, 26 yanvar kuni Shimoliy Koreya raketalari uchirilishini kuzatish uchun mo‘ljallangan yangi razvedka sun’iy yo‘ldoshini manzilga yetkazish uchun “H-2A” tashuvchi raketani uchirdi. Kompaniya matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bu jarayon Kagosima viloyatining janubiy-g‘arbidagi Tanegasima kosmodromidan amalga oshirilgan.

Dastlab uchirish 25 yanvarga mo‘ljallangan edi, biroq noqulay ob-havo sharoiti tufayli keyingi muddatga ko‘chirilgan edi, deyiladi xabarda.

“Radar 7” deb nomlangan qurilma sakkizta razvedka yo‘ldoshidan iborat mavjud guruh tarkibining bir qismi bo‘lishi kerak. Ulardan ba’zilari optik sensorlar yordamida Yer yuzasi tasvirini uzatuvchi optik sun’iy yo‘ldoshdir. Boshqalari esa radar yordamida Yerni skanerlaydigan radar sun’iy yo‘ldoshlaridir. Vaqt o‘tishi bilan “Radar 7” 2017 yilda uchirilgan “Radar 5” sun’iy yo‘ldoshini almashtiradi.

 

O‘zA