Toshkent viloyati hokimligida Prezidentimizning joriy yil 25 yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Yoshlar siyosati va sport vazirligi mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda asosiy e’tibor shtat birliklari qisqarishi natijasida ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish, vakant o‘rinlarni tuman va shaharlar kesimida tahlil qilishga qaratildi.

Shuningdek, joylarda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar samarasi haqida so‘z bordi. Sportni rivojlantirish, yoshlarni ommaviy sportga jalb etishdagi muammolar tahlil qilinib, takliflar o‘rtaga tashlandi.

Yig‘ilish davomida shahar va tumanga viloyat ishchi guruhi a’zolari biriktirildi. Ularga joylarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

O‘zA