Prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlik sub’ektlarini ko‘paytirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni joriy qilish zarurligi qayd etildi.

Masalan, o‘tgan yili Buxoroda – 8 ta, Namangan, Surxondaryo va Sirdaryoda – 2 tadan, Toshkent viloyatida – 1 ta tumanda yangi tashkil etilgan tadbirkorlar soni 2021 yilga nisbatan 30-40 foizgakamaygan.

Davlatimiz rahbari eng og‘ir ahvol Andijon, Termiz va Kogon shaharlari, Jalaquduq, Marhamat, Olot, Qorako‘l, Shofirkon, Mingbuloq va Qibray tumanlarida ekanini qayd etib, ushbu hududlar hokimlarining bu boradagi faoliyati qoniqarsizligini ko‘rsatib o‘tdi.

Mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birga ikki hafta muddatda ushbu tumanlarga borib, mavjud sharoitlarni o‘rganib, ularning har biri bo‘yicha tadbirkorlikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish topshirildi.

O‘zA