Yurtimiz xo‘jalik mahsulotlari ichida eng arzoni hisoblangan piyozning narxi negadir keskin oshib ketdi. Bu o‘rinda har kim o‘z taxminlari va qo‘shtirnoq ichidagi «bashorat»larini ilgari sura boshladi.

Kimdir «anomal sovuqdan piyozlar sovqotib qolibdi», desa, kimdir xorijga avvalgidan ko‘proq eksport bo‘layotgani» ichki narxlarga ta’sir etmoqda, dedi.

Avvalo, ta’kidlash joizki, bu faqat O‘zbekistongagina tegishli holat emas. Dunyoning barcha mintaqalariga xos xususiyatga aylanib ulgurdi.

Ichki iste’mol bozori narxini arzonlashtirish, aholining iste’mol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash muhim masala sanaladi. Shu maqsadda 2023 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonda 4 oyga piyoz eksportiga vaqtincha cheklovlar joriy etildi.

Savol tug‘iladi: aholimiz uchun qancha piyoz zaxirasi mavjud va bugungi vaziyatdan kelib chiqib, yana qancha mahsulot kerak bo‘ladi? 

O‘z o‘rnida mutaxassislarning fikricha, yurtimiz hududlarida 319 ming tonna piyoz zaxirasi bo‘lib, aholi iste’moli talabi doirasida mavjud zaxiraga 26,5 ming tonna piyoz kerakligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mahsulotni import qilish bo‘yicha davlatlararo muzokaralar olib borilmoqda.

Shu o‘rinda yana bir savol: anomal sovuq sabzavotlar narxiga ta’sir etgan bo‘lsa, yaqin kunlarda havo haroratining ko‘tarilishi kutilyapti, shu bois narxlar arzonlashishi mumkinmi? 

Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida piyozning ulgurji narxi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 barobarga qimmatlashgani rost. O‘zA joriy yilning 20 yanvar kuni respublikamizdagi bir nechta bozorlar hamda poytaxtning «Farhod» va «Eski-Juva dehqon bozor»laridagi piyoz narxlari va bunga aholining munosabatini o‘rgandi.


Abdulaziz RUSTAMOV, Mohichehra ESHMIRZAEVA, O‘zA