1-5 mart kunlari Mo‘g‘ulistonning Xubsugul ko‘lida navbatdagi “Moviy marvarid-2023” muz festivali bo‘lib o‘tadi.

Mahalliy OAV xabar qilishicha, mazkur anjuman pandemiyadan zarar ko‘rgan sayyohlik tarmog‘ini qayta tiklashga qaratilgan 90 dan ziyod tadbirlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Mo‘g‘uliston 2023-2024 yillarni “Mo‘g‘ulistonga sayohat qilish yillari” deb e’lon qildi. Qishki turizmni rivojlantirish tog‘-kon sanoati bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish uchun eng maqbul yechim sifatida ko‘rilyapti.

O‘zA