TOLOnews telekanalining ta’kidlashicha, qahraton sovuq qurbonlari asosan kam daromadli, oziq-ovqati hamda uylarini isitish uchun yoqilg‘isi bo‘lmagan aholi qatlami vakillari bo‘lgan.
Afg‘oniston ommaviy axborot agentliklari ma’lumotida aytilishicha, Xirot viloyatida 70 ga yaqin odamlar muzlab qolgani sababli kasalxonalarga yotqizilgan.
Mamlakatning shimoli-g‘arbidagi Badgis viloyatida qahraton sovuq to‘rt ming bosh yirik shoxli qoramolning nobud bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Sovuq sababli ming gektar qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladigan maydon ham zarar ko‘rgani yaytilmoqda.