Rossiyaning Yoqutiston respublikasi Oymyakon tumanida havo harorati minus 60 darajaga yetgani qayd etildi.
TASS agentligi xabariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan kecha soat 00:00da ushbu hududda havo harorati 60 darajaga tushib ketgan. Viloyat markazining Ust-Nera qishlog‘ida esa 58 daraja sovuq bo‘lgan.
Bir kun avval 60 daraja sovuq havo harorati Yoqutistonning Olenyok tumanida kuzatilgan. Ma’lumot o‘rnida, respublikaning ikki aholi punkti, jumladan, Verxoyansk va Oymyakon shimoliy yarim sharning eng sovuq nuqtalari hisoblanadi.
O‘zA