“Anadolu” agentligi xabariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina inson huquqlari bo‘yicha komissarlari – Tatyana Moskalkova va Dmitriy Lubinets Anqarada uchrashdi.
Mazkur muloqot Turkiya Ombudsman instituti tomonidan tashkil etilgan “XXI asrda inson huquqlari kelajagi” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida tashkil etildi.
Rossiya va Ukraina Ombudsmanlari o‘rtasidagi muzokaralar matbuot uchun yopiq tarzda o‘tdi.
Uchrashuvning bir qismi Turkiya Bosh Ombudsmani Sheref Malkoch va Turkiya parlamenti spikeri Mustafo Shentop ishtirokida bo‘ldi.
O‘zA