Jahon matbuoti sahifalarida

Qirollik hukumati koronavirus pandemiyasi sababli so‘nggi uch yilda  ziyoratchilarga Haj amali uchun cheklovlar joriy etgan edi.

«Anadolu» axborot agentligi (Anqara).  Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus  pandemiyasi sababli Haj amalini ado etish uchun qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi. “Haj ziyoratchilarining soni  pandemiyaga qadar qancha bo‘lgan bo‘lsa, shunchagacha qaytadi va  yosh bo‘yicha hech qanday  cheklovlar bo‘lmaydi”, – dedi qirollikning haj va umra ishlari bo‘yicha vaziri.  Vazirning so‘zlariga ko‘ra, endilikda dunyoning  har qanday mamlakatidagi haj masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutasaddilar Saudiya Arabistonining  istalgan vakolatli kompaniyasi bilan qaytadan shartnoma tuzishi mumkin.

«Biz hamkorlar bilan birga ziyoratchilarning tashrifini osonlashtirish maqsadida NUSK platformasini ishga tushirdik», – deb qo‘shimcha qildi vazir.

Bizning “Jahon  matbuoti  sahifalarida” nomli  yangi ruknimizga oid tilaklaringiz, taklif va fikr-mulohazalaringizni pochta@uza.uz manziliga yuborishingizni so‘raymiz.

I.Abdumalikzoda tayyorladi, O‘zA