Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Kinematografiya agentligi hamkorligida “O‘zbek animatsiyasi muammolari, yutuqlari hamda uni rivojlantirishda tadbirkorlar va noshirlarning roli” mavzuidagi amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mutaxassislar tomonidan bugungi multfilm ssenariylari, ularda ishlatiladigan qiyin jumlalar, o‘zbek animatsiyasidagi muammolar haqida gapirildi.

Shuningdek, animatorlar o‘zining ishlarini taqdimot qildi. Unda multfilmning maqsadi, yo‘nalishi, bolalar hayotidagi ahamiyati, mavzusi va qahramonlari aks ettirilgan.

Yakunda ikki yo‘nalishda g‘oliblar aniqlandi. Jumladan, Animatsion film yo‘nalishida Abdulatif Haydarov “Quvnoq shaharcha” multfilm ssenariysi uchun g‘olib bo‘ldi.

Videokontent g‘oyasi yo‘nalishida esa Mo‘minjon To‘lqinov “Bibi shou” videokontenti uchun g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarning ishlari munosib taqdirlandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA