Oilaviy bolalar uylari va Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan o‘g‘il-qizlar va boquvchisi Vatanimiz tinchligi, sarhadlarimiz osoyishtaligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari farzandlariga “Prezident sovg‘asi” Orolbo‘yiga yetib keldi.

Sovg‘alar shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlariga yetkazib berildi. 3-15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan “Prezident sovg‘alari” tarkibiga davlatimiz rahbarining bolalarga yo‘llagan Yangi yil bayrami tabrigi, shirinliklar, 3 turdagi o‘quv quroli, elektron kitob, termos va shaxmat jihozlari kiritilgan.

Ma’lumot uchun, sovg‘alar Nukus shahri va tumanlarida bo‘lib o‘tadigan “Prezident archasi” bayram tadbirlarida o‘z egalariga tantanali topshiriladi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA