Vazirlar Mahkamasining “2022-2024 yillarda davlat ijtimoiy muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ijtimoiy himoyaga hamda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarga davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarida hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va ta’lim berish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 150 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.

2022 yilda davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari hamda davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalarini ta’mirlash va jihozlash ishlari bo‘yicha manzilli dasturning asosiy parametrlari, shuningdek, 2023 yilda davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalarini qurish va ta’mirlash ishlarining manzilli dasturi, 2023-2024 yillarda “Bolalar uylari” davlat muassasalari ob’ektlarini qurish, ta’mirlash va jihozlash ishlarining manzilli dasturlari tasdiqlandi.

2022 yilda davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari hamda davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalarini ta’mirlash va jihozlash ishlari 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘larning yil yakuniga qadar iqtisod qilinishi kutilayotgan 150 mlrd so‘m miqdoridagi qismi;

2023 yilda davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalarini qurish va ta’mirlash ishlarining manzilli dasturida belgilangan ob’ektlar 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan;

“Bolalar uylari” davlat muassasalari ob’ektlarini qurish, ta’mirlash va jihozlash uchun mablag‘lar belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar hamda Qoraqal- pog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyalashtiriladi.

                                                                                                         O‘zA