Ukrainadagi vaziyat tufayli Berlin Varshavaga “Patriot” raketalariga qarshi mudofaa tizimini yetkazib berishi mumkinligi fonida Germaniya va Polsha o‘rtasida yuzaga kelgan keskinlik NATO va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari birligini buzmoqda, deb yozdi “The New York Times” gazetasi.
Nashr Berlin va Varshava o‘rtasidagi munosabat buzilishi Germaniyaning Polshaga “Patriot” yetkazib berishi bilan bog‘liq, avvaliga polyaklar bunga rozilik bergan edi, deb ta’kidlaydi. Keyinroq esa Varshava Germaniya uchun ham ma’qul ko‘rilgan “batareyalarni g‘arbiy Ukrainaga joylashtirish lozim”, chunki bu qurollarni NATO mutaxassislari boshqaradi”, degan.
Avvalroq “Reuters” agentligi Germaniya Mudofaa vazirligi vakiliga tayanib, Berlin va Varshava Polshada “Patriot” tizimini joylashtirish bo‘yicha kelishuv to‘g‘risida xabar bergan edi.