10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun. Adliya vazirligi tomonidan davlatlarda qabul qilingan madhiyalar borasida ayrim qiziqarli savollar yuzasidan quyidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

SAVOL: O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ijro etilishi Davlat bayrog‘ining ko‘tarilishi bilan birgalikda amalga oshirilsa, hozir bo‘lgan kishilar qanday tartibda turadi?

JAVOB: Yuzi bilan bayroqqa qaragan holda turishi lozim.

SAVOL: O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qanday tartibda tinglanadi?

JAVOB:  Tik turib va o‘ng qo‘l kaftini ko‘krakning chop tomoniga qo‘yib.

SAVOL:  O‘zbekiston Respublikasidagi saylov va referendum kunlari ovoz berish o‘tkaziladigan binolarda Davlat madhiyasi soat nechada ijro etiladi?

JAVOB: Ertalab soat 8:00 da.

SAVOL: “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonunning ijro etilishi ustidan nazorat qaysi organ tomonidan amalga oshiriladi?

JAVOB: Ichki ishlar organlari.

SAVOL: Qaysi davlat eng qisqa madhiyaga ega?

JAVOB: Yaponiya.

SAVOL: Qaysi davlatda madhiya to‘rt tilda ijro etiladi?

JAVOB: Shvetsariyada.

SAVOL: Qaysi mamlakatning madhiyasi Nobel mukofoti sovrindori tomonidan yozilgan?

JAVOB: Hindiston.

SAVOL: O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar qanday tartibda tinglaydi?

JAVOB: Qo‘lini boshiga qo‘yib.

SAVOL: Qaysi mamlakat madhiyasining matni mavjud emas?

JAVOB: Ispaniya.

SAVOL:  O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni o‘zgartirilib aytilishi mumkinmi?

JAVOB: O‘zgartirilmaydi.

O‘zA