Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiyaga ikki kunlik tashrifi bo‘yicha 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Bu haqda Turkmaniston tomoni ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, jumladan, Turkmaniston va Rossiya tashqi siyosat idoralari o‘rtasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolangan.
Shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Turkmaniston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining 12-yig‘ilishi o‘tkazildi, ikki davlatning tegishli vazirlik, idoralari o‘rtasida qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
O‘zA