FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida «O‘zbek polvoni» musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda musobaqaning shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Sakkiz vazn toifasida o‘tgan musobaqa yakuniga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida nukuslik Abdizatdin Alxamov, Madiyor Bekpo‘latov, Mo‘ynoq tumanidan Ruslan Reypnazarov, Amudaryodan Akbar Qodirov va taxiatoshlik Marsel Jiyemuratov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida 57 kilogramm vaznda Mo‘ynoq tumanidan Asem Baxtig‘aliyeva, 63 kilogramm vaznda Nukus shahridan Nursuluv Berdaqova, 78 kilogramm vaznda Klara Darmonboyeva g‘olib bo‘ldi.
Musobaqa g‘oliblari diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA