3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Mehr-muruvvat oyligi” doirasida Chimboy “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan erkaklar internat uyida bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariyev, Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i I.Kazakov ishtirok etib, internat uyida vasiylikka olingan shaxslarning quvonchiga sherik bo‘ldi.

Madaniyat sohasi vakillarining chiqishlari bayramga ko‘taringi ruh baxsh etdi.

Ta’kidlash joizki, inson qadri ulug‘langan jamiyatda o‘zgalar ko‘magi va muruvvatiga muhtoj insonlarni har tomonlama  qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yaqindagina bojxonachilar tashabbusi bilan tarbiyalanuvchilarning barchasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lgan bo‘lsa, bayram kuni Navoiy viloyati hokimligining ko‘magida internat uyida sil kasalligi bo‘limi binosi foydalanishga topshirildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA