O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisi hamda O‘zbekiston – Rossiya biznes forumida ishtirok etish uchun Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov 1 dekabr kuni Samarqandga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida mehmonni viloyat hokimi E.Turdimov kutib oldi.

Bugun boshlangan O‘zbekiston – Rossiya biznes forumida ikki davlatdagi yetakchi kompaniya va korporatsiyalar vakillari bilan birga bir qator vazirlik va idoralar, mintaqalar rahbarlari ham ishtirok etmoqda.

G‘.HASANOV,

A.ISROILOV (surat), O‘zA.