FOTOREPORTAJ

Nukus shahrining chekka hududidagi “Jana bazar” mahalla fuqarolar yig‘inida joriy yilda keng ko‘lamdagi bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Xususan, hudud aholisi ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlandi. Ko‘chalarga qum aralash shag‘al va asfalt to‘shaldi. Bir qancha dam olish maskanlari, xiyobonlar, sport va bolalar maydonchalari, savdo va aholiga xizmat ko‘rsatish nuqtalari yangidan bunyod etildi.

Kuni kecha mahallada yana bir ob’ekt – 60-maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib bitkazildi. 120 o‘ringa mo‘ljallangan binoning qurilish ishlariga davlat investitsiya dasturi asosida 4 milliard 700 million so‘m mablag‘ sarflandi.

Muassasada bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoit muhayyo. Guruh xonalari yangi jihozlar, turli o‘yinchoqlar va o‘quv qurollari bilan ta’minlangan.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA