FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi 22-bolalar musiqa va san’at maktabida 570 nafar o‘g‘il-qiz fortepyano, torli cholg‘ular, akademik xonandalik, estrada xonandaligi, damli va zarbli cholg‘ular, baxshichilik, xoreografiya, teatr san’ati, tasviriy san’at kabi yo‘nalishlarda mahorat oshirmoqda.

Maktabda yoshlar musiqa va san’atga oid sir-asrorlarni puxta egallashi uchun zarur barcha sharoit yaratilgan. Mashg‘ulot xonalari zarur jihoz va anjomlar, musiqa asboblari bilan ta’minlangan. 70 ga yaqin malakali pedagog yoshlarga mahorat sirlaridan saboq bermoqda.

Maskan tarbiyalanuvchilari mamlakatimiz miqyosidagi hamda xalqaro tanlov va festivallarda o‘z iste’dodini muvaffaqiyatli namoyish etib kelmoqda. Ayniqsa, Samira Bekjonova, Arman Tilegenov, Umida Qidirbergenova, Savlat Hudoybergenov, Ulzoda Qalboyeva, Ramuza Perdeboyeva, Zarina Ko‘mekboyeva, Rasul Tursunboyev, Li Angelina, Asemay Urakova, Aydana Ametovaning iste’dodi qator tanlovlarda yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘lgan.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA