FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida davom etayotgan erkin kurash va ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi musobaqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan jami 260 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.

Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda ishtirokchilar 10 ta vazn toifasida kuch sinashdi.

Musobaqada Jizzax viloyatidan Mushtariy Tolipbekova (50 kg), Xorazm viloyatidan Dilshoda Matnazarova (55 kg), Laylo Sobirova (59 kg), Mardona Qadamova (72 kg), Ozoda Zaripboyeva (76 kg), Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Dilfuza Ayimbetova (65 kg), Feruza Yesenboyeva (68 kg), Toshkent shahridan Jasmina Immayeva (53 kg), Samarqand viloyatidan Shohida Ahmedova (57 kg) va Navoiy viloyatidan Ruhshona Abdurasulova (62 kg) vaznda mutlaq g‘olib, deb topildi.

G‘olib sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA