Prezidentimiz so‘zining yakunida zamonaviy tahdidlarni faqat muloqot, bir-birining manfaatlarini hisobga olish, umume’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlariga amal qilish orqali samarali yengib o‘tish mumkinligiga ishonch bildirdi.

–Aynan shuning uchun ham biz ilgari surgan umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida hamjihatlik borasidagi Samarqand tashabbusining asosiy maqsadi insoniyat kelajagi uchun befarq bo‘lmagan, tinchlik, totuvlik va birgalikda gullab-yashnash uchun intilayotgan barcha sog‘lom kuchlarni amaliy muloqotga jalb etishga qaratilgandir.

Biz Qozog‘istonning Kengashga 2024 yilga qadar raislikni davom ettirish niyatini qo‘llab-quvvatlaymiz va qozog‘istonlik do‘stlarimizga omadlar tilaymiz.

Ishonchim komil, sheriklik va ishonchni mustahkamlagan holda umumiy intilishlarimiz bilan biz ezgu maqsadlarga – mamlakatlarimiz tinchligi, barqarorligi va ravnaqini ta’minlashga erishamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zA