O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xmeymim aerodromida An-26 harbiy-transport samolyoti qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Davlatimiz rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.