“Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan Nukus shahridagi 4-umumta’lim maktabida “Farzandlari sog‘lom yurt – qudratli bo‘lur” loyihasi doirasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.
“Men mustaqil yurt farzandiman!” shiori ostida tashkil etilgan musobaqaning ochilishida so‘zga chiqqanlar keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga, uning davomchilari bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor haqida gapirdi.
Musobaqa so‘ngida g‘olib bo‘lgan jamoalarga partiya tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA