Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bugun Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti maqbarasini ziyorat qildi.

Islom Karimov qabriga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Naredra Modiga ushbu majmua va uning tarixi haqida ma’lumot berildi.

Siroj Aslonov, Jonibek Qo‘zimurodov (surat), O‘zA.