«Anadolu» AA. Turkiya. Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 16 sentyabr kuni Samarqandda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida kuzatuvchi mamlakat yetakchilari va maxsus delegatsiya mehmonlarini qutlash marosimida ishtirok etdi.

Sammit ishtirokchilarini “Boqiy shahar” madaniy-etnografik majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarshi oldi. Qutlash va birgalikda suratga tushish marosimlari yakunlanganidan so‘ng davlat rahbarlari kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarni o‘tkazish uchun zalga o‘tdilar.

Shundan so‘ng Shanxay hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining 22-sammiti boshlandi. Tadbir “Buyuk Ipak Yo‘li” sayyohlik majmuasining kongress-markazida bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, XXR Raisi Si Szinpin, Qozog‘iston Prezidenti Kosim-Jomart Tokayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shaxboz Sharif, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi, kuzatuvchi-mamlakat yetakchilari Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, taklif etilgan rahbarlar: Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etishdi.