“So‘g‘diyona”ning OFK kubogidagi navbatdagi raqibi hududlararo yarim final bosqichidan o‘rin olgan Hindistonning “Moxun-Bagan” hamda Malayziyaning “Kuala-Lumpur” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda g‘alaba qozongan klub bo‘lishi belgilangan edi.

Murosasiz kechgan ushbu uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida mehmon “Kuala-Lumpur” jamoasi futbolchisi Paulo Joze hisobni ochdi – 0:1.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda dastlab Sidde, so‘ngra Morales mezbonlar darvozasiga to‘p kiritib, malayziyaliklarni keyingi bosqichga olib chiqdi. “Moxun-Bagan” – “Kuala-Lumpur” yakuniy hisob – 1:3.

Endi OFK kubogi hududlararo finali Jizzaxda, O‘zbekistonning “So‘g‘diyona” va Malayziyaning “Kuala-Lumpur” klublari o‘rtasidagi bahs joriy yil 5 oktyabr kuni bo‘lishi belgilangan. Mazkur juftlik g‘olibi musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

 

A.Qayumov, O‘zA