Xabar berganimizdek, davlatimiz rahbari ayni paytda Bekobod shahrida metallurgiya sohasi vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

–Soha raqobatbardosh bo‘lishi uchun malakali kadrlar, ilm-fan va innovatsiyalar zarur.

Misol uchun, 1 tonna qora metall qiymati jahon bozorida 600 dollar bo‘lsa, murakkab po‘lat qotishmalarining narxi tonnasiga 10 ming dollardan oshadi.

Bunday innovatsiyaga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun avvalambor, chuqur bilimga ega geologlar, tog‘-kon va metall quyish muhandislari, kimyogar va texnologlar, material-shunoslar, Ay-Ti va logistika kabi ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar kerak bo‘ladi,– dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zA