Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi 2022 yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim etish uchun qayta tanlov E’LON QILADI

Davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, 
davlat ijtimoiy buyurtmasining maqsad va vazifalari
Buyurtmachi davlat organi  Ajratilgan  mablag‘ 
  1. Xotin-qizlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasbga o‘qitish, bandligini ta’minlash 
    va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
Ustuvor yo‘nalish: Oila va xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish.

Maqsad: Тазйиқ va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki moyilligi bo‘lgan xotin-qizlarga tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha yagona onlayn platforma yaratish.

Vazifalar:

– respublika bo‘yicha 29 ta markazning veb-saytlarini, ijtimoiy sahifalarini yaratish, “1146 – ishonch telefoni”ni hamda matbuot xizmati faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

– 14 ta hududdagi markaz xodimlarining tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha malakasini oshirish;

– mahallalarda oilaviy va shaxslararo nizolarni, depressiv vaziyatlarni erta oldini olish, eng avvalo, “xavf ostidagi guruh”da bo‘lgan 10 000 nafar shaxslar va oilalar ishtirokida 200 ga yaqin tushuntirish uchrashuvlarini o‘tkazish, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish;

– respublika bo‘yicha 150 000 dan ortiq tarqatma material, 4 ta videorolik, 50 ta targ‘ibot bannerlari tayyorlash;

– “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” aksiyasi doirasida 800 ta tadbir tashkil etish, “xavf ostidagi guruh”da bo‘lgan xotin-qizlarni jalb qilish.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi 3 000,0
  1. Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini va ijtimoiy turizmni targ‘ib etish, 
    aholi turmush sifatini oshirishga ko‘maklashish.
Ustuvor yo‘nalish: Turizm sohasida tadbirkorlik faolligini oshirishga ko‘maklashish.

Maqsad: Hududlarining turizm potensialidan kelib chiqib, gidlar va ekskursovodlarning malaka va salohiyatini oshirish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish.

Vazifalar:

– Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik, ekstremal va tog‘ turizmi bo‘yicha 5 ta o‘quv markazini tashkil etish;

– mahalliy ekskursovodlar va gidlar haqida ma’lumot berish, on-layn muloqot maydoni uchun ingliz, rus, arab va o‘zbek tillarida xizmat ko‘rsatuvchi veb-sayt yaratish;

– har yili 300 nafar mahalliy gid va ekskursovod tayyorlash, ularni turistlar bilan bilan on-layn muloqotini yo‘lga quyish va bandligini ta’minlash.

Turizm va madaniy meros vazirligi 500,0
Ustuvor yo‘nalish: Turizm ob’ektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligini oshirish.

Maqsad: O‘zbekistonda mahalliy va xorijiy sayyohlarga ziyorat turizmi bo‘yicha ishonchli va to‘liq ma’lumotlarni yetkazish.

Vazifalar:

– “Oltin silsila halqa”si mavzusida Naqshbandiya tariqatining namoyondalari haqida elektron ma’lumotlar bazasini yaratish;

– Buxoro shahri, G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Romitan, Kogon, Denov, Oltinsoy va Kitob tumanlari hamda Samarqand shahrining ziyorati turizmi salohiyatini keng targ‘ib etish;

– turizm yarmarkalari va keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, diplomatik korpuslarni va xalqaro hamkorlarni jalb qilish;

– “Jahon musulmon sayohat indeksi” reytingida O‘zbekistoning o‘rnini yanada yaxshilash.

Turizm va madaniy meros vazirligi 300,0
Ustuvor yo‘nalish: O‘rmon xo‘jaliklarini rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirishni ta’minlash;

Maqsad: O‘rmon fondi yerlarida ekoturizm, agroturizm va turizmning boshqa turlarini rivojlantirishga ko‘maklashish.

Vazifalar:

– 79 ta o‘rmon xo‘jaligi, 3 ta milliy tabiat bog‘i va 10 ta ov xo‘jaliklarini eko, agro, geo, safari va ov turizmiga qarab taqsimlash, ekomarshrutlar yaratish;

– xo‘jalik xodimlari va mahalliy aholini turizm sohasidagi bilimlarini yuksaltirish;

– ekoturizm, agroturizm va geoturizm ob’ektlari, marshrutlari, mahalliy va xorijiy sayyohlarning sonini keskin oshirish;

– zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalari orqali keng targ‘ibot va tashviqotni yo‘lga qo‘yish.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi 1 070
  1. Jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, yoshlarning innovatsion g‘oya va loyihalarini jamoat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlash
Ustuvor yo‘nalish: Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish.

Maqsad:  Yoshlarning intellektual-ijodiy va ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash.

Vazifalar:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining
75-sessiyasida so‘zlagan nutqida keltirilgan taklif va tavsiyalarning mazmun-mohiyati haqida 2 ta videorolik tayyorlash va efirga uzatishni ta’minlash;

– xorijda mehnat qilayotgan va ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar uchun O‘zbekistonda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida 3 ta videorolik tayyorlash.

– yoshlar orasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ilmiy va ijodiy ishlanmalari tanlovini o‘tkazish, eng yaxshi 10 ta ishlanmani amaliyotga tatbiq etish;

– tayyorlangan videoroliklar va qo‘llanmalarga tegishli davlat organlari hamda ilmiy markazlardan tegishli xulosalar olish;

– yoshlarning ilmiy-amaliy ishlarni keng targ‘ib etish;

Yoshlar ishlari agentligi 200,0
Ustuvor yo‘nalish: Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish.

Maqsad: Yoshlarning innovatsion g‘oya va loyihalari, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni rag‘batlantirish.

Vazifalar:

– Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida 30 yoshgacha bo‘lgan
yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ijtimoiy innovatsion g‘oya va loyihalar tanlovini o‘tkazish;

– 15 nafar yoshning o‘z startaplarini boshlab olishlari uchun boshlang‘ich
10 mln. so‘mdan mablag‘ ajratish orqali qo‘llab-quvvatlash;

– o‘z startaplarini yo‘lga qo‘yishda boshlang‘ich mablag‘ni ajratish orqali o‘z g‘oyalarini amalga oshirishga sharoit yaratish.

Yoshlar ishlari agentligi 200,0
Ustuvor yo‘nalish: Madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish.

Maqsad: Madaniyat sohasida marketing va menejment yo‘nalishlarni rivojlantirish orqali aholini mazmun-maqsadli va samarali madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsert-tomoshalar bilan qamrab olish.

Vazifalar:

– madaniyat va san’at sohasida zamonaviy marketing va menejmentni joriy etish bo‘yicha o‘quv malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish;

– konsert va san’at saroylari, madaniyat markazlari boshqaruv xodimlarining madaniyat va san’at servisi, madaniyat va san’at ob’ektlarini zamonaviy boshqaruvi, aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini yaxshilash masalalarida bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish;

– madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsert-tomoshalar o‘tkazishning zamonaviy menejmenti va marketingi yo‘nalishlarida o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash;

– madaniyat va san’at ob’ektlarini korporativ boshqaruvini takomillashtirish va ilg‘or xorijiy amaliyotni integratsiya qilish.

Madaniyat vazirligi 300,0
Jami  7 ta davlat ijtimoiy buyurtmasi 5 570,0

Ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmasining shartlari:

– ijrochi-tashkilot belgilangan tartibda NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur;

– davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiradigan faoliyatning ijrochi-tashkilotning ustavidagi vazifalarga muvofiqlik kelishi;

– ijrochi-tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kadrlar va texnik imkoniyatning mavjudligi;

– ijrochi-tashkilotda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tajribaning mavjudligi;

– loyihani amalga oshirish haqidagi shartnomani sifatli va o‘z vaqtida bajarish, uni amalga oshirish vaqtida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, amaldagi qonun hujjatlariga to‘liq rioya etish.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilishi uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

Ariza taqdim etayotgan NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

www.fondngo.uz saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi uchun ariza;

Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;

Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda  litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.

Hujjatlar 2022 yil 29 iyulidan 31 avgustigacha qabul qilinadi. Taqdim etilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va natijalari e’lon qilinadi.

Hujjatlar «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi» nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 format) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.