Iqtidorli yoshlarimiz keyingi bir yil ichida xalqaro fan olimpiadalarida 255 ta medalni qo‘lga kiritgan.

Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ma’lum qilindi.

–Shu bilan birga, joriy yilda 382 nafar sportchi yoshlarimiz nufuzli xalqaro musobaqalarda 419 ta sovrinli o‘rinlarni egalladi. Jumladan, Nodirbek Abdusattorov va Umida Omonova – tezkor shaxmat bo‘yicha, Zuhriddin Qodirov – qilichbozlik bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgani, 23 yoshgacha futbolchilarimiz Osiyo chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritgani, shubhasiz, butun xalqimizga g‘urur bag‘ishladi, – dedi davlatimiz rahbari. –Men ana shunday ilmli, irodali va qobiliyatli farzandlarimiz borligidan faxrlanaman. Ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga alohida rahmatlar aytaman. Bu o‘g‘il-qizlarimiz xalqimizning oltin fondi, Uchinchi Renessans bunyodkorlari, desam, hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Yangi O‘zbekistonning kelajagi hisoblangan bunday fidoyi, bilimli, zukko va vatanparvar o‘g‘il-qizlarimiz barchaga namuna bo‘lishi kerak.

O‘zA