Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan «Yosh kitobxon» tanlovining 20-30 yosh toifasi bo‘yicha respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda, 1-o‘rin Toshkent shahridan Sevinch Avazovaga, 2-o‘rin Buxoro viloyatidan Shamshoda Hamdamovaga, 3-o‘rin esa Toshkent viloyatidan Farrux Fayziyevga nasib qildi.

Ma’lumki, tanlovning bu yilgi hududiy bosqichlari  yanvar-fevral oylari davomida o‘tkazilgan bo‘lib, saralash bosqichlaridan 3 yosh toifasi bo‘yicha, jumladan,  10-14, 15-19 va 20-30 yoshgacha bo‘lgan 1 ming 242 nafar g‘oliblari ishtirok etishdi.

Tanlab olingan 42 nafar hududiy bosqich g‘oliblari tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

«Yosh kitobxon» tanlovining respublika bosqichi g‘oliblariga 1-o‘ringa Prezident sovg‘asi «Spark» avtomashinasi, 2-o‘ringa 50 million so‘m, 3-o‘ringa  esa 30 million so‘m, qolgan barcha ishtirokchilarga esa 10 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari berildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA