Eronning Tehron shahrida yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ikki oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritib, yurtimizga qaytib keldi.
Qit’amizning 23 davlatidan 300 nafardan ortiq atletlar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashgan chempionatda Nadiya Dusanova balandlikka sakrashda, Yelena Smolyanova esa yadro uloqtirishda g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.
Shuningdek, Osiyo chempionatining ko‘pkurash bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Aleksandra Yurkevskaya 3858 ochko to‘pladi va kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA