Saratonni erta aniqlovchi yangi taxshis-test yaratildi

Saraton kasalligining eng ko‘p tarqalgan 10 turidan 8 tasini erta aniqlab berishga qodir yangi tashxis-test amerikalik va avstraliyalik olimlarning hamkorlikdagi tadqiqotlari mahsulidir, deb xabar bermoqda TASS. 

Shifokorlar boshqa usullarda saratonning erta bosqichi aniqlangan mingdan ziyod bemorda yangi tashxis-test – “CancerSEEK”ni sinab ko‘rdi. U o‘pka va ichak saratonini 60 foizga, oshqozon va oshqozon osti bezi saratonini 70 foizga, jigar va tuxumdonlar rakini esa 95 foizga to‘g‘ri tasdiqlab bergan. Tadqiqotchilar 800 ta ko‘ngillini ham “CancerSEEK” bilan tekshirdi. Yolg‘on tashxis ko‘rsatkichi bir foizga ham yetmagan.

Tajribalar davom etmoqda. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, bir-ikki yildan so‘ng “CancerSEEK”ni davolovchi shifokorlar ham qo‘llay boshlaydi. Hozirda yangi tashxis-testning narxi 500 dollar atrofida.

Tadqiqot ishlari Science jurnalida chop etilgan.

 

Malohat Husanova,O‘zA