Toshkent davlat agrar universitetida Missisipi shtati universiteti filiali ochiladi...mi?

Bu haqda Missisipi shtati universiteti (MSHU)dan kelgan ekspertlar – MSHU xalqaro aloqalar instituti direktori Juli Jordan, MSHU Suv resurslari ilmiy tadqiqot instituti direktori Jeyson Kruts maʼlum qildi.


Qayd etish joiz, yurtimizda oliy taʼlim tizimi jadal rivojlanmoqda. Ushbu jarayonda xorijlik mutaxassislar bilan tajriba almashish muhim ahamiyatga ega. Toshkent davlat agrar universiteti bu borada dunyoning bir qator davlatlari bilan xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.

Xorijlik mehmonlar tashrif davomida ToshDAUning oʻquv tajriba stansiyasi, oʻsimliklarni biologik himoya qilish, paxtachilik va gʻallachilik laboratoriyasidagi yangiliklar bilan tanishdi. Shuningdek, xorijlik mehmonlar universitetning “Qoʻshma taʼlim” dasturi asosida taʼlim olayotgan talaba va magistrlar bilan uchrashdi.

Tashrif doirasida ikki universitet oʻrtasida talabalar va professor-oʻqituvchilar almashuvini amalga oshirish, ikki tomonlama diplom berish qoʻshma dasturlarini joriy etish, MSHUning qishloq xoʻjaligi sohasidagi yetuk professor-oʻqituvchilarni yurtimiz talabalariga maʼruzalar oʻqishlarini joriy etishga kelishib olindi. Shuningdek, Toshkent davlat agrar universitetida Missisipi shtati universitetining filialini ochish rejalashtirilmoqda.

Fevral oyida Missisipi shtati universitetiga Toshkent davlat agrar universiteti vakillari borishadi. Ana shu safar chogʻida ikki universitet oʻrtasida shartnoma va “yoʻl xarita”sini imzolashga kelishib olindi.

photo5323760574011648435.jpg

photo5325945200536824409.jpg
photo5325945200536824414.jpg

 

OʻzA