Bir sozu, bir doʻmbira bilan...

Buyuk shoir Oʻljas Sulaymonov bilan MuhammadIsmoil suhbati

Oljas Umarovich Sulaymonov 1936-yil 18- mayda Olma ota shahrida tugʻilgan. Qozogʻiston xalq shoiri, Qozogʻiston Mehnat Qahramoni. Bir qancha Fanlar Akademiyasining Akademigi. Ingushetiyaning “Xizmatlari uchun”, Ozorbayjonning “Shuhrat”, “Doʻstlik”, Rossiyaning “Doʻstlik”, Ukrainaning “Donishmand knyaz Yaroslav”, Fransiyaning “Adabiyot va sanʼat ritsari” ordenlari, Yevroosiyo adabiyot festivalining Oltin medallari va boshqa mukofotlar sohibidir.

– 2018-yil Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili deya eʼlon qilindi. Bu borada qanday fikrdasiz?

– Bizlar qariyb oʻttiz yil koʻrishmadik. Yozuvchilarni nazarda tutayapman. Balki bundan ham koʻpdir. Qayta qurish hatto oʻzaro munosabatlarimizni ham qayta qurdi. Avvallari bizlar tez-tez koʻrishar, bir birimiznikida mehmonda boʻlaredik.Qozoq yozuvchilari Toshkentga borishar, oʻzbek yozuvchilari bizlarga kelishar edi. Boshqa Jumhuriyat ijodkorlari bilan ham shunday doʻstona va qizgʻin munosabatlar oʻrnatilgan edi. Afsuski hozir unday emas. Biz hatto eng yaqin doʻstlarimiz boʻlgan Erkin Vohidov, Abdulla Oripovlarning ham bu dunyoniqachon tashlab ketganligini bilolmay qoldik. Bu yil Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili deb eʼlon qilinishi bu avvalgi doʻstona munosabatlarimiz qaytadan tiklanayotganidan mujda beruvchi, qon qardoshlik rishtalarimiz avvalgiday kuchli maromga kelayotganidan darak beruvchi xushxabardir. Biz urugʻ-aymoq, qavmu-qarindoshligibir-biribilan chatishib ketgan eng yaqin qoʻshnilarmiz. Bu ayriliqbiz uchun oson kechgani yoʻq, oʻylaymanki ayriliq azobini oʻzbeklar ham totib koʻrishdi. Biz bir birimizga suyangan xalqlarmiz. Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili deb eʼlon qilinishi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan hodisa. Bundan juda quvondik.

– Qaysi oʻzbek ijodkorlari bilan doʻst edingiz. Kimlarni koʻp eslaysiz?

– Abdulla Oripov, Erkin Vohidovlar bilan qalin doʻst edim. Oʻzbek adabiyotining ulkan namoyondalari, ulugʻ adib Sharof Rashidov, otashqalb inson Odil Yoqubov, koʻpni koʻrgan oqsoqol Komil Yashinlar bilan bir necha bor suhbatda boʻlganman, ularning donishmandona fikrlaridanzavq olganman. Shuningdek, Nosir Fozilov, Mirpoʻlat Mirzolarni yaxshi tanir edim. Ajoyib yozuvchi Mehmonqul Islomqulovni taniyman.Yaqinda Issiqkoʻlda shoir Sirojiddin Sayyid bilan birga boʻldim.

– Oʻzbekistonda sizning muxlislaringiz juda koʻp. Sheʼrlaringizni ardoqlab oʻqishadi. Gazetalarimizda maqolalaringiz tez tez bosilib turadi. Lekin mana Oʻzbekistonga bormaganingizga ham 34 yil boʻlibdi…

– Endi boramiz-da… Toshkentda boʻlishni orzu qilaman. Hozir Oʻzbekiston adabiy muhitida ulkan oʻzgarishlar sodir boʻlayotganidan xabarim bor. Prezident Shavkat Mirziyoyev adabiyotni sevuvchi inson. U Yozuvchilar uyushmasiga ulkan koshonaqurib berdi, yozuvchilar xiyobonini yaratdi, uysiz yosh ijodkorlarniuy bilan taʼminladi. Yaqinda Qirgʻizistonda Chingiz Aytmatovning 90 yilligi munosabati bilan televideniyada chiqish qilganimda, Shavkat Mirziyoyevning adabiyot vakillariga qilayotgan bu gʻamxoʻrliklarini barchagaibrat qilib koʻrsatdim. Ijodkorlarga bunday gʻamxoʻrlik naqadar zarurligini juda yaxshi tushunaman. Chunki, Ulugʻbek hozir Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasining Raisi boʻlsa, men hali hamon bu uyushmaning Faxriy Raisi hisoblanaman. Sheʼrlarim Oʻzbekistonda tez- tez chop etilishidan mamnunman. Shuningdek, yaqinda qalin doʻstim, taniqli yozuvchi Sobit Doʻsanovning kitobi Oʻzbekistonda chop etilganini eshitib juda xursand boʻldim. Agar adabiyot va sanʼatimiz yaqinlashsa, oʻylaymanki iqtisodimiz va siyosatimiz ham yaqinlashadi. Biz barchamiz bundan oʻttiz yillar muqaddam rasmiy ravishda mustaqillikni qoʻlga kiritdik, ammo mustaqillik degani oʻz qobigʻiga oʻralashib olish degani emas. Qardosh Jumhuriyatlar hammasi mustaqillikka erishgach oʻzlarini bir birlaridan himoya qila boshlashdi. Rossiya Oʻzbekistondan mustaqil, Qirgʻiziston Qozogʻistondan mustaqil boʻldi-yu, bir birlari bilan aloqalarni uzib qoʻyishdi. Mustaqillikni boshqa oʻzanga burib yuborishdi. Bunday mustaqillik bilan hech narsaga erishib boʻlmaydi. Millatlar bir qobiqqa oʻralib olsa, bunday millatda rivojlanish hech qachon roʻy bermaydi. Mustaqillik, mustaqil ravishda, ongli ravishda, ixtiyoriy ravishda boshqa xalqlar bilan mustaqil hamkorlik qilish deganidir. Mustaqillik butun dunyodan ayrilib yakka yolgʻiz, hech kim bilan aloqa qilmay yashash degani emas. Aksincha, mustaqil boʻlib barcha bilan tengma-teng ravishda, ongli ravishda, aql-idrok, tafakkur va milliy gʻurur, milliy anʼanalar asosida boshqa millatlar bilan hamkorlikkava yuksaklikka intilishdir. Oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, turkman va boshqa turkiy xalqlar madaniyati hech qachon bir biridanajralmaydigan madaniyatdir. Biz bugun mana shu siyosatni oldinga surish istagidamiz. Agar mamlakatimiz rahbarlari ham mana shu siyosat bayrogʻi ostida ish yuritishsa, xalqlarimizning doʻstligini, hamkorligini kuchaytirishsa, xalqlar oʻrtasida tinchlik boʻladi, rivojlanish boʻladi, taraqqiyot boʻladi, olamshumul oʻzgarishlar yuz beradi.

– Pushkinda shunday misralar bor:” Shoir boʻlish yoshlarga xos..” Bu tushunchaga qanday qaraysiz?

– Sharqda yuz yoshgacha ham shoir boʻlaverish mumkin. Chunki, sharqda sheʼriyat donishmandlikka, aql-idrokka, pand nasihatga, Ollohga muhabbatga asoslanadi. Firdavsiy, Navoiy, Abaylar keksayib qolganlarida ham ijod qilishgan. Ammo, shunday zamonlar keldiki, hamma faqat yorga boʻlgan muhabbatini yozadigan boʻlib qoldi. Shu maʼnoda: “Shoir boʻlish yoshlarga xos”, deganidaPushkin mutlaqo haq edi.

Bir safar Moskvaga borganimda, Markaziy adabiyotchilar uyida, Pavel Antakolskiyning 70 yillik yubileyi ustiga kelib qoldim. U minbarga chiqib olib sevgi haqida rosa sheʼr oʻqidi. Menga juda erish tuyuldi. 70 ga kirgan odam oʻz hayot tajribalari haqida gapirmaydimi,yoshlar bilan koʻrgan-kechirganlarini oʻrtoqlashmaydimi, ularga pand nasihat qilmaydimi, yoshlarga zarur boʻlgan yoʻl-yoʻriqlardan gapirmaydimi?! Dono fikrlarni sheʼrga solmaydimi? 70 ga kirgan odamning “sevaman” deb turganini qanday izohlash kerak?! Men oʻsha paytlar ayni qirq yoshda edim. Oʻsha kungi voqeadan keyinsheʼr yozishni mutlaqo tashlab yubordim. Keyin faqat nasrda ijod qildim. Yoshligimda bir haftada bitta doston yozardim. “Insonga taʼzim qil, Zamin!” dostonim ham bor yoʻgʻi bir haftada yozilgan. Men davr buyurtmasini bajardim. Keyin Yuriy Gagarin bilan uchrashdim. Keyin dunyoning barcha mamlakatlari minbarlarida ushbu dostonimni yoddan oʻqiy boshladim. Yoshlikning shiddati, shijoati, isyonkorligi umringizni qolgan davrlarida hech qachontakrorlanmaydi.

– Hozir Abay Qoʻnonboyev haqida gapirdingiz. Yaqinda Oʻzbekistonda buyuk oqin Abayning yubileyi boʻlib oʻtdi…

– Kecha, eski qadrdonim bilan koʻrishib qoldik. U hozir Angliya universitetida oʻqituvchi. Gap orasida, “Abay haqiqatdan ham daho ekan” deb qoldi. Men :” Nega birdan bu fikrga kelib qolding, avval bilmasmiding” deb soʻradim. “Avval ham bilardim, lekin endi iqror boʻldim,” deydi u. Mana shunday, avlodlar almashgan sari Abayning buyukligi yaqqol koʻzga tashlanaveradi. Abay oʻz davrida nimani yozgan boʻlsa, oʻsha muammolar bugungi kunda ham oʻz dolzarbligini yoʻqotgani yoʻq.Aksincha keskinroq boʻlib oʻrtaga chiqayapti. U oʻtmishni qalamga olib, aslida kelajak haqida yozgan ekan. U 20 asrda oʻz xalqini katta halokat kutayotganligini bilgandi. 1926-yil aholiroʻyxatga olinganda, fuqarolar urushidan keyin 6 million 200 ming qozoq bor edi.Keyin ocharchilik davri boshlandi, oʻttizinchi yillarda bu ocharchilikdan 2 yarim million qozoqgina omon qoldi. Bu yerda ayb qozoqlarning oʻzida. Abay oʻsha paytdayoq oʻzbeklardan bogʻdorchilikni, dehqonchilikni, sabzavot ekishni oʻrganinglar deb ogohlantirgandi. Aynan mana shu kasb -hunar oʻzbeklarni ocharchilikdan omon saqlab qoldi. Qozoqlar chorvaga, qoʻy va yilqilarga ishongan edi. Stalin qoʻy va yilqilarni hammasini tortib oldi, chet eldanzavod va fabrikalarga asbob uskuna olish uchun goʻshtga ayriboshladi. Ukrainadan donni tortib oldi. Natijada, 5 million ukrainalik, uch milliondan ortiq qozogʻistonlikoch-nahoroʻlib ketdi. Yer bilan ishlashni bilgani, bogʻ-rogʻ, ekin tikin ishlarini yaxshi oʻzlashtirgani uchun oʻzbeklar bu halokatlardan omon qoldi.

– Adabiyotimizda Aymatov, Sulaymonov, Oripov singari buyuklar yana paydo boʻladimi, yoki ularni zamon koʻtargan edimi, nima deb oʻylaysiz?

– Haqiqatdan ham ularni davr koʻtargan edi.Bir paytlar biz kitob oʻqish boʻyicha birinchi oʻrinda edik. Hozir, Rossiya ham, Qozogʻiston ham eng oxirgi oʻrinda turibdi. Endi mashhur yozuvchilarning paydo boʻlishi oʻta mushkul. Bir sozu, bir doʻmbira bilan madaniyat yaratib boʻlmaydi. Doʻmbira aqlni charxlamaydi. Adabiyot esa, aqlni charxlaydi, yuraklarga kuch quvvat, maʼnaviy ozuqa beradi.Adabiyot oʻzining avvalgi taxtiga qaytishi kerak. Hozir qanday asar yozishingdan qatʼiy nazar, uni oʻz mablagʻingga chiqarishga, oʻzingtarqatishingga toʻgʻri kelayapti. Shuning uchun yozmaslikka harakat qilayapmiz.

– Siz Qozogʻiston Mehnat Qahramonisiz. Juda koʻp orden va medallaringiz bor. Qaysi birini taqasiz?

– Deyarli hech birini taqmayman. Oʻzimni ularga munosib debbilmayman. Qachon oʻsha orden medallarga munosib ish qilsam, yuksak kashfiyotlar yaratsam, ana oʻshandagina taqaman.

– Suhbat uchun tashakkurOljas Umarovich!

– Sizga ham rahmat. Barcha Oʻzbekistonlik doʻstlarga alangali salomlar boʻlsin!

 

OʻzA