Innovatsion rivojlanish vazirligining javobgarligi kuchaytirildi

O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining umumiy ilmiy-texnologik makon yaratish to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Protokolga (Yalta, 2009 yil 20 noyabr) qo‘shildi.
Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining umumiy ilmiy-texnologik makon yaratish to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Protokolga (Yalta, 2009 yil 20 noyabr) qo‘shildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi mazkur xalqaro shartnoma amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining umumiy ilmiy-texnologik makon yaratish to‘g‘risidagi Bitim 1995 yil 3 noyabrdagi Moskva shahrida tuzilgan.

 

O‘zA