Afgʻonistondagi tolibonlarning vakillari AQSH tomoni bilan muzokaralarda ziddiyatlar yuzaga kelgani va muzokaralarni toʻxtatishlari haqida maʼlum qildi.

Bu haqdagi bayonotda yozilishicha, “Doxadagi uchrashuvda AQSH bu yerdan chet davlat qoʻshinlarini chiqarib, boshqa davlatlar Afgʻonistondan foydalanishiga chek qoʻyishni maʼqullagandi, endi esa bir tomonlama ish tutmoqda”.

EADaily xabariga koʻra, yanvarga belgilangan Birlashgan Arab Amirliklaridagi tolibonlar ishtirokidagi uchrashuv nomaʼlum muddatga qoldirilgan.

 

OʻzA