TAYINLOV

Hukumatning tegishli qarori (21.11.2022 yil. № 661) bilan Ilxom Anvarovich Nimatullayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yoqilg‘i-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari etib tayinlandi

Shu munosabat bilan Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti Geologiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari shu’basining Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimidan ozod qilindi.

O‘zA