FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanidagi “Nayman” ovul fuqarolar yig‘inida 1964 xonadonda 11 ming 100 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ulardan 6 ming 242 nafari 18-30 yoshdagi fuqarolarni tashkil etadi.
Hududda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ovulda shakllantirilgan “Yoshlar daftari” asosida yoshlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.

– Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida yordam so‘rab Yoshlar ishlari agentligi Taxiatosh bo‘limiga murojaat qildim, – deydi Ilhom Qo‘ziboyev. – Murojaatim ijobiy hal etilib, “Xalq banki” tomonidan 28 million so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi. Ushbu mablag‘ hisobidan Xitoydan suvni tozalab beruvchi uskuna keltirib, ovul aholisiga toza ichimlik suvi yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydik. Ushbu zamonaviy uskuna soatiga 1500 litr suvni tozalash quvvatiga ega.
Kelgusida  Ilhom Qo‘ziboyev ish faoliyatini yanada kengaytirish, suvni qadoqlash tarmog‘ini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA